21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Tashrifning afzalliklari

200 dan ortiq mahalliy va xorijiy yetakchi kompaniyalar har yili “AgroWorld Uzbekistan” ko‘rgazmasida sanoat parrandachilik, chorvachilik, veterinariya, ozuqa sanoati, issiqxona xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi texnikasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun materiallarni keng assortimentda namoyish etadi.

Soha mutaxassislari ko‘rgazmani O‘zbekiston fermerlari uchun jahon ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari bilan uchrashadigan asosiy joy, deb hisoblamoqda. Ko‘rgazma O‘zbekistonning yangi va jadal rivojlanayotgan bozoriga xorijiy ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishiga yordam beradi hamda xalqaro miqyosda samarali ishbilarmonlik tadbiri sifatida nufuzga ega.

Ko‘rgazma 4 ta tematik salonda namoyish etilmoqda: “Sanoat parrandachilik va chorvachilik”, “G‘allachilik va ozuqa sanoati”, “Issiqxona xo‘jaligi”, “Qishloq xo‘jaligi texnikasi”.

Har yili “AgroWorld Uzbekistan” koʻrgazmasiga fermer xoʻjaliklari, parrandachilik xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi klasterlari rahbarlari va mutaxassislari, bosh agronom va texnologlar, gʻallachilik korxonalari xodimlari, issiqxonalar uchun qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalari distribyutorlari, davlat idoralari, ixtisoslashtirilgan muassasalar vakillari va boshqa koʻplab tashrif buyuradi.

Ko‘rgazma qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda xarid qilish va modernizatsiya qilish rejalarini tuzishda muhim o‘rin tutadi.

AgroWorld Uzbekistan’dagi imkoniyatlar:

  • Parrandachilik va chorvachilik fermalari uchun jihozlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, agrokimyoviy vositalar, urug‘lik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, sug‘orish, issiqxonalar – barchasi bir joyda;
  • Eng yaxshi mahalliy va xalqaro ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarning katta tanlovi;
  • Yangi mahsulotlar va ilg'or qishloq xo'jaligi texnologiyalari premyeralari.

Axborot ko`magi