Ishtirok etishning afzalliklari
AgroWorld Uzbekistan ko‘rgazmasida ishtirok etish kompaniyangizga savdolarni oshirish, brend va mahsulot haqidagi bilimlarni mustahkamlash hamda savdo geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.
AgroWorld Uzbekistan ko‘rgazmasi ishtirokchilari O‘zbekistonning yetakchi hududlari va qo‘shni mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalari rahbarlari va mutaxassislari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Agrobiznes vakillari samaradorlikni oshirish va o‘z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilishga qiziqish bildirishadi.