21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Ko`rgazma haqida


O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng muhim voqea — AgroWorld Uzbekistan!

AgroWorld Uzbekistan ko‘rgazmasi ishtirokchilari — bu zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlari, uskunalar, texnologiyalar hamda o‘simlikchilik, chorvachilik, parranda yetishtirish, veterinariya, qayta ishlash, tashish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan materiallar ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlardir.

AgroWorld Uzbekistan — bu O‘zbekistonning agrosanoat majmuasi mutaxassislariga mahsulot va xizmatlarni namoyish etish uchun samarali maydoncha hisoblanadi. Bu mamlakat agrar sohasidagi asosiy tadbirlardan biri bo‘lib, u paxtachilik va dehqonchilik samaradorligini oshirishga qaratilgan yechimlarni taqdim etadi.

Ko‘rgazma qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va hayvonlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda saqlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning xarid va modernizatsiya rejasini tuzishda muhim rol o‘ynaydi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi mahsulot toifalari bo‘yicha segmentlashtirilgan bo‘lib, AgroWorld Uzbekistan mehmonlarini yuzlab taqdimotlar, yangiliklar va ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilarning maxsus takliflari kutmoqda.

Markaziy Osiyo bozorida keng tanilish va potensial xaridorlar e’tiborini jalb qilish imkoniyatidan foydalaning.

O‘zbekiston agrarlari uchun eng muhim tadbirda ishtirok eting!

Video hisobot
Axborot ko`magi