Yangiliklar
Chorvachilik sub’yektlariga soliq imtiyozlari 2025-yil 1-yanvargacha uzaytirildi
“Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, daromad solig‘i (tijorat banklaridagi mablag‘lardan olinadigan foizlar bundan mustasno), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va qabilaviy tadbirkorlik subyektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Imtiyozlar asosiy faoliyat turi bo‘yicha iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyat turini rivojlantirishga yo‘naltirilgan holda soliq stavkasini 50 foizga kamaytirishni nazarda tutadi.