Yangiliklar
O‘zbekiston meva-sabzavot sotishdan 1 milliard dollardan ortiq daromad oldi
Ko'pincha mahsulotlar Rossiya va Qozog'istonga etkazib berildi.2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijga umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 1,4 million tonna meva-sabzavot eksport qildi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
2023-yilning shu davriga nisbatan eksport ko‘rsatkichi 11,8 foizga, pul ifodasida 25,8 foizga o‘sdi.
Ko'pincha mahsulotlar Rossiya (44,7%), Qozog'iston (14,1%), Pokiston (14,1%) va Afg'onistonga (7,3%) jo'natildi.