Yangiliklar
2029-yilgacha naslli qoramol, qo‘y va echkilar importi QQSdan ozod qilinadi
“Chorvachilik va yaylov sohasini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, 2026 yil 1 iyundan 2029 yil 1 yanvargachaO‘zbekistonga xorijdan naslli qoramol, qo‘y va echkilarni olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
2026-yilning 1-iyulidan 2030-yilning 1-yanvarigacha uy xoʻjaliklarida identifikatsiya qilingan sigirlardan olingan har bir nasldor buzoq (identifikatsiya qilingan) uchun subsidiya joriy etiladi:
- sun`iy urug`lantirish uchun - 500 ming so`m;
— embrion ko‘chirish (transplantatsiya) uchun – 700 ming so‘m.
2027 yil hosilidan boshlab qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining paxta va gʻalla uchun ajratilgan yerlarining yarmiga ozuqa ekinlarini joylashtirishga ruxsat beriladi.
Hujjatda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida yangi Chorvachilik va yaylovlar iqtisodiyotini rivojlantirish agentligini tashkil etish ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatida sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha 10 kunlik o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislar zarur jihoz va anjomlar bilan bepul ta’minlanadi.
Chorvachilik sohasida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun;imtiyozli kreditlar 10 yilgacha muddatga beriladi.Jumladan, naslli qoramollarni ko‘paytirish bo‘yicha komplekslar yaratish uchun mablag‘ ajratiladi.so`mgacha moliyalashtirish.
Hujjat hamSugʻoriladigan yerlarning bir qismidan chorvachilik obʼyektlarini yaratish va yem-xashak ekinlarini yetishtirish uchun foydalanishga ruxsat etiladi.
Bundan tashqari, sohani raqamlashtirish ko‘zda tutilgan – chorva mollari, nasldor mollar, investisiya loyihalarini hisobga olish va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish uchun yagona elektron platforma joriy etiladi.
Umuman olganda, 2026–2028-yillarda go‘sht va sut mahsulotlarini sanoatda qayta ishlash darajasini 50 foizga yetkazish, shuningdek, naslli qoramollar ulushini 90 foizga yetkazish hisobiga chorvachilik mahsuldorligini oshirish rejalashtirilgan.
Manba