22- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2027» ko’rgazmasi

24 - 26 mart 2027, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Qashqadaryoda 100 ming gektar yaylovlarda dronlar yordamida yem-xashak ekinlari ekila boshlanadi

Qashqadaryo viloyatining sakkiz tumanida 100 ming gektar yaylovlarda chorva uchun qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli yem-xashak ekinlari dronlar yordamida ekila boshlanadi — bu Misr tajribasi asosida Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu qo‘shimcha ravishda 200 ming kishini daromad bilan ta’minlash imkonini beradi.

Ishlar Nishon, G‘uzor, Muborak, Ko‘kdala, Kasan, Mirishkor, Qamashi va Dehqonobod tumanlarida olib boriladi. U yerda 10 ming bosh yirik va 50 ming bosh mayda qoramol uchun komplekslar tashkil etish rejalashtirilgan. G‘uzor tumanida 10 ming gektar yer foydalanishga kiritiladi.

Manba
Axborot ko`magi