Yangiliklar
Toshkentda 20-yubiley Xalqaro ko‘rgazma «Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2025» bo‘lib o‘tmoqda.
2025-yil 11-13 mart kunlari Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi texnikasi, uskunalari, ehtiyot qismlari, shuningdek, turli qishloq xo‘jaligi tarmoqlari – dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, veterinariya, qayta ishlash, transport va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan texnologiyalar va materiallarning 20-yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bu yilgi ko‘rgazmada 23 ta davlatdan 130 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda, jumladan Belarus, Qozog‘iston, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari.
Rossiyalik ishtirokchilar orasida premikslar, kombikormlar, mineral o‘g‘itlar, sendvich panellar hamda tegirmon va elevator uskunalari ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, yoqilg‘i va quvvatlantirish infratuzilmasi uchun kompleks yechimlarni taklif qiluvchi kompaniyalar bor.
Ko‘rgazma davomida Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakili o‘rinbosari Igor Kamynin mahalliy kompaniyalar vakillari bilan uchrashib, O‘zbekiston bozorida mahsulotlarni targ‘ib qilish xususiyatlari hamda Rossiya eksportchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha moliyaviy va nomoliyaviy davlat choralari haqida ma’lumot berdi.
Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatli muzokaralar va foydali shartnomalar tilaymiz!
Manba