Yangiliklar
O‘zbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO kengashiga saylandi
Oʻzbekiston Birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Kengashiga 2028–2029 yillar uchun saylandi. Kengash aʼzolarini saylov 4-iyul kuni tashkilot shtab-kvartirasi boʻlgan Rimda boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Kengash 49 ta aʼzo davlatdan iborat boʻlib, geografik taqsimot hisobga olinib, uch yil muddatga saylanadi. Kengash oʻz vakolatlari doirasida byudjet, FAO dasturlari muhokamasini olib boradi va tashkilot konferensiyasi uchun muhim qarorlar va tavsiyalar qabul qiladi.
"FAO Kengashiga aʼzolik Oʻzbekiston uchun global qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat siyosatini shakllantirish, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va standartlarni ishlab chiqish, milliy va mintaqaviy tashabbuslarni taqdim etish, shuningdek loyihalarni rivojlantirish va qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini ochadi", – deb taʼkidladi bayonnomada.
FAO – ocharchilik bilan kurash boʻyicha xalqaro harakatlarni muvofiqlashtiruvchi BMTning ixtisoslashgan tashkiloti. Tashkilot 195 ta aʼzodan iborat boʻlib, ular orasida 194 ta davlat va Yevropa Ittifoqi bor. FAO 130 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi.
2014-yilda FAO Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochdi.