Yangiliklar
O‘zbekistonda 20 ta agrometeorologik stansiya o‘rnatiladi va O‘zgidromet laboratoriyasi modernizatsiya qilinadi
BMTning iqlim bo‘yicha COP31 konferensiyasida Antaliyada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi. Bu haqda 17 noyabr kuni O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
10 mln dollar miqdoridagi grant hisobidan 20 ta agrometeorologik stansiya o‘rnatish, Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet) laboratoriyasini modernizatsiya qilish va fermerlarning ob-havo hamda iqlim ma’lumotlariga kirishini kengaytirish rejalashtirilgan.
Loyiha besh yilga mo‘ljallangan. Uni amalga oshirishga IFAD ko‘maklashadi, moliyalashtirishni esa 2025 yil aprelida grantni ma’qullagan Moslashuv jamg‘armasi ta’minlaydi.
Loyiha hujjatlariga ko‘ra, fermerlar uchun sovuq urishi, issiq to‘lqinlari va boshqa xavfli ob-havo hodisalari haqida ogohlantirishlar bilan xizmatlar ishlab chiqish rejalashtirilgan. Ular, shuningdek, sug‘orish va hosilni yig‘ib olish muddatlari bo‘yicha tavsiyalar hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarining tarqalishi prognozlarini olishlari mumkin bo‘ladi.
Manba