Yangiliklar
TEXNA kompaniyasi AgroWorld Uzbekistan ko‘rgazmasining ko‘p yillik hamkori hisoblanadi

TECHNA — sanoat parrandachiligi uchun innovatsion uskunalar ishlab chiqaruvchi ishonchli kompaniya. Kompaniya bozorda 25 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zining konstruktorlik byurosi, sinov laboratoriyasi va zamonaviy stanoklar parki kompaniyaga yuqori texnologiyali uskunalarni mustaqil ishlab chiqarish hamda soha talablariga tezkor javob berish imkonini beradi.
Kompaniyaning asosiy ustunliklari:
- jo‘jalarni yetishtirishdan tortib katta parrandalarni saqlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlar uchun o‘ziga xos yuqori texnologiyali yechimlar;
- uskunalar barcha xalqaro standartlarga mos keladi;
- xizmat ko‘rsatishning to‘liq spektri — uskunalarni yetkazib berish va montaj nazoratidan tortib barcha kafolat majburiyatlarini bajarishgacha.
Stenddagi yangiliklar
AgroWorld Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida TECHNA o‘zining eng talabgir ishlanmalarini taqdim etadi:- tuxum yig‘ish va tashish tizimiga ega tuxum qo‘yuvchi tovuqlar uchun katak uskunalari;
- broiler ota-onalik podasi uchun pol uskunalari;
Joylashuv
📌 “O‘zekspomarkaz” MKK, Toshkent🗓 2026-yil 25–27-mart
1-pavilon, A100-stend