Press-relizlar
15-yubiley “Qishloq xo‘jaligi- – AgroWorld Uzbekistan” Xalqaro ko‘rgazmasi Toshkentdagi MKM “O‘zekspormakaz”da 2020 yilning 11-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Qishloq xo‘jaligi an’anaviy tarzda O‘zbekitston iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini, agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish tarmoqni yanada samarali rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yilning 23 oktabr kuni tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillardagi strategik rivoji haqidagi farmoni ushbu yo‘nalishda davlat islohotlarining yangi taraqqiyot yo‘lini ko‘rsatib berdi.SHu bilan birga, innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini yanada barqaror va samarali rivojining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun ko‘plab xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi faol joriy etilmoqda, ular ham tarmoqning eng yirik ko‘rgazmasi bo‘lgan «Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan»da bevosita ishtirok etmoqda.
Har yili O‘zbekiston agrar sanoatining eng yirik xalqaro tadbirlaridan biri bo‘lmish AgroWorld parrandachilik, chorvachilik, g‘alla va meva-sabzavot qayta ishlash sohalaridagi eng yangi natijalarni namoyish qilish uchun tarmoq professionallari, investorlar, hokimiyat vakillari, mustaqil ekspertlar va dehqon xo‘jaliklari egalarini yig‘adi.
O‘zbekistondagi eng muhim xalqaro voqealardan biri bo‘lib qolayotgan «Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan» Xalqaro ko‘rgazmasi joriy yilda o‘zining 15 yillik yubileyini nishonlamoqda. O‘tgan yillar mobaynida ko‘rgazmalar ishida bir mingdan ortiq xalqaro kompaniyalar ishtirok etdi, ularga tashrif buyurgan professionallar soni esa 37 ming nafardan oshib ketdi.
«AgroWorld Uzbekistan 2020» ko‘rgazmasining muhim bo‘limlari: CHorvachilik va parrandachilik uchun uskunalar; Omuxta em, veterinariya; Don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uskunalari; Meva va sabzavotlar, saqlash va qaytav ishlash; Issiqxonalar uchun uskunalar; Ozuqalar, qo‘shimchalar va veterinariya; Qishloq xo‘jaligi texnikasi, sug‘orish texnikasi, ekish materiallari.
Ko‘rgazma ishida Germaniya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Kanada, Niderlandlar, Turkiya, Armaniston, Latviya, Ukraina, Belarus Respublikasi, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi jahonning 20 mamlakatining 170 xorijiy hamda mahalliy kompaniyalar ishtirok etadi. Xitoy, Koreya respublikasi va Italiyani ko‘rgazmada mahalliy hamkorlar taqdim etadilar.Qayd etish joizki, 2020 yil ko‘rgazmasida 44ta kompaniya ilk marotaba ishtirok etadi, ularning 6tasi O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilardir.
Birinchi marotaba Turkiya Milliy paviolon shaklida taqdim etiladi, bu erda 70dan ortiq kompaniya birgalikda faoliyat yuritadi. Omsk, Voronej va Tver viloyatlari Rossiya Federatsiyasining jamoaviy hududiy ekspozitsiyasini namoyish qiladi.
Ko‘rgazmada issiqxonalarni loyihalash va to‘liq ishga tushirishni ta’minlash texnologiyalari bilan tanishish mumkin bo‘ladi. «AgroWorld Uzbekistan 2020» ishtirokchilari qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarni etishtirish, boqish, ozuqlantirish va salomatligini saqlash uchun zamonaviy echimlarni namoyish qiladilar. SHuningdek, 2020 yil ko‘rgazmasining eksponentlari orasida naslli mollarning sut va go‘sht beruvchi zotlarini etkazib beruvchi etakchi xorijiy kompaniyalar ham mavjud.
“Fermerlar kuni” «AgroWorld Uzbekistan 2020»ning eng kutilgan voqealaridan biri bo‘lib qoladi. Ko‘rgazmaning ikkinchi kuni, 2020 yilning 12 mart kuni ushbu tadbirga qishloq xo‘jaligi uchun uskunalar, texnologiyalar va mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilari va etkazib beruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish uchun Respublikamizning barcha viloyatlaridan fermer xo‘jaliklari rahbarlari tashrif buyuradi. «Fermerlar kuni» an’anaviy tarzda faqat «AgroWorld» ko‘rgazmasi doirasida 2009 yildan beri o‘tkazib kelinadi, har yili O‘zbekiston soha mutaxassislariga qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining zamonaviy texnologiyalari haqida eng dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradi.
Ishtirokchilarning to‘liq ro‘yxati bilan ko‘rgazmaning www.agroworld.uz saytida tanishish mumkin.
Ko‘rgazma an’anaviy tarzda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining rasmiy ko‘magida o‘tkazib kelinadi.
«AgroWorld Uzbekistan 2020» amaliy dasturi qator ixtisoslashgan tadbirlardan iborat, ular orasida O‘zbekistonning Global agrosanoat forumi– «UGAF 2020», taqdimotlar, mahorat darslari, professionallar uchrashuvlari va munozarakalar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaning dastlabki ikki kunida, 2020 yilning 11-12 mart kunlari, O‘zbekistonning Global agrosanoat forumi– «UGAF 2020» bo‘lib o‘tadi. YAlpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri mamlakatning qishloq xo‘jaligi rivojaining strategiyasini taqdim etadi.
Forum ishining birinchi kunini asosiy mavzusi qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlanadi. Ushbu mavzuda quyidagilar ma’ruza qiladilar: loyihalar bo‘yicha maslahatchi, EXXTning O‘zbekistondagi koordinatori; Jahon bankining etakchi iqtisodchisi, Rossiyaning RusAgroMarket kompaniyasini bosh direktori, Ijrochi direktor, Amerikaning Agrometrics kompaniyasini ta’sischisi, Jahondagi eng yirik qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchisi Amerikaning John Deere kompaniyasi vakili va ko‘plab boshqalar.
Forumning ikkinchi kuni ekspertlar chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarining istiqbollari va jadal taraqqiyotini muhokama qiladilar. Spikerlar orasida: O‘zbekiston Agrobiznesi uyushmasi bosh direktori, Biologiya fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasining xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, «Protein-Plyus» kompaniyasi vakili.
SHuningdek, 2020 yilning 12 mart kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori va mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun raqamli xizmatlarni ko‘rsatuvchi platforma Agromart.uz “Innovatsiyalarni joriy etish va qishloq xo‘jalligi yuritish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida trening o‘tkazadi (stend № A4, pavilon №1).
Rossiyaning RusAgroMarket agroxoldingining taqdimoti Forumning yakunlovchi qismi bo‘ladi.
Amaliy dasturning tadbirlari bilan https://iteca.uz/agroworld/rus/BusinessProgramme/ saytida tanishishingiz mumkin.
«AgroWorld Uzbekistan» Xalqaro ko‘rgazmasi – ishlab chiqaruvchilar, dilerlar va distribyuterlar, professional va xususiy iste’molchilardan iborat bo‘lgan maqsadli auditoriyani jalb qilish uchun noyob maydondir. Agrosanoat tarmog‘ining eng yirik amaliy tadbirida ishtirok etish tashkilotlar, korxonalar, firmalar va investorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirishga ko‘mak beradi.
Sizlarni 15-yubiley “Qishloq xo‘jaligi- – AgroWorld Uzbekistan” Xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar orasida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.