Press-relizlar
AgroWorld Uzbekistan ko‘rgazmasi - 20 yil agrobiznesning uchrashish joyi!

"Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2025" 20-yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini 2025-yil 11-13-mart kunlari davrida "O‘zekspomarkaz» MKKning 1-, 2-pavilyonlari va tashqi maydonida namoyish etadi.
Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini tashkil etishda yetakchi rol o‘ynaydi – qariyb 20 foiz. Mahsulot ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur'atlariga erishildi -o‘rtacha yillik o‘sish 2,5 foizni tashkil etadi. Eng muhim vazifa – mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash agrosanoat sektori korxonalari tomonidan muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Eksport ta'minoti o‘sib bormoqda va o‘sish nafaqat yangi hosil mahsulotlari, quritilgan mevalar va boshqalarni yetkazib berish bilan, balki xom ashyoni qayta ishlash mahsulotlari bilan ham ta'minlanadi. Ushbu natijalarga erishishda innovasion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni joriy etish, shuningdek, agrosanoat majmuasini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirish muhim rol' o‘ynadi.
AgroWorld Uzbekistan – har yili agrosanoat hamjamiyatining diqqat-e'tibori va qiziqishini o‘ziga tortadigan sanoatning muhim ko‘rgazma tadbiri - bu yil o‘zining 20-yubileyini nishonlamoqda. Ko‘rgazma o‘z faoliyati davomida qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar va zamonaviy trendlarni taqdim etish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, mahalliy biznesni rivojlantirish va eksportni kengaytirish uchun ishonchli platforma sifatida o‘zini namoyon qildi. 2006-yilda ishga tushirilganidan beri ko‘rgazmada 43 mamlakatdan 1 846 kompaniya ishtirok etdi, 117 180 kishi tashrif buyurdi.
Tashkilotchilarning ijodiy yondashuvi, sanoat va bozor ehtiyojlarini batafsil o‘rganish AgroWorld Uzbekistan'ning samarali kontseptsiyasi – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining butun spektrini – parrandachilik, chorvachilik, dehqonchilik va o‘simlikchilikni bitta ko‘rgazma maydonida jamlashni belgilab berdi. Shunday qilib, mutaxassislar butun ishlab chiqarish zanjiri – qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va chorva mollari va parrandalarni ko‘paytirishdan tortib yig‘im-terim, so‘yish, qayta ishlash va saqlashgacha asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega.
Ko‘rgazmaning asosiy ekspozisiyalari quyidagicha joylashtiriladi:
"O‘zekspomarkaz" MKKning 1-pavilyonida don va omuxta yem sohalari kompaniyalari, meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari, o‘g‘itlar va sug‘orish uskunalari ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini taqdim etadilar.
2-pavilyonda parrandachilik va chorvachilik sohasidagi yangiliklar, yem-xashak ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari, veterinariya sohasidagi yechimlar va ishlanmalar namoyish etiladi.
Ochiq ko‘rgazma maydonida mutaxassislar qishloq xo‘jaligi texnikasi namunalari, jumladan, kombayn, mini ekskavator va traktorlar bilan tanishishlari mumkin.
Bu yil ko‘rgazmada quyidagi 23 mamlakatdan 130 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda: Belarus Respublikasi, Belgiya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Litva, Niderlandlar, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Frantsiya, Xorvatiya, Shveytsariya, Yaponiya.
Xorijiy ishtirokchilar soni 81 foizni tashkil etdi.
Mahalliy kompaniyalar orasida qishloq xo‘jaligi uskunalari, o‘g‘itlar, omuxta yem, laboratoriya uskunalari va inkubatsion materiallarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari mavjud: Vostok-agro, TD – omuxta yem, Union Max Agro – o‘g‘itlar, Uhm Landtech – ekish va hosil yig‘ishtirish uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi, LabLog Group – laboratoriya uskunalari, fermer xo‘jaliklarini jihozlash, Dominant Domkur – inkubatsion tuxum, sutkalik naslchilik yetkazib beradi, Aziya Agro Biznes – meva va sabzavot eksportchisi va boshqalar.
An'anaga ko‘ra, Turkiya 12 ta kompaniyadan iborat milliy stendni taqdim etadi. Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkilotining (JETRO) mintaqaviy vakolatxonasining debyut ishtiroki diqqatga sazovordir, u agrosanoat sektori uchun innovatsion yechimlarni taklif qiluvchi 13 ta yetakchi yapon kompaniyalarining imkoniyatlari va manfaatlarini taqdim etadi.
Ko‘rgazmaning boshqa debyutantlari orasida - Agricola (Ispaniya) mevalarni saralash va qayta ishlash uskunalari, ROTA GUIDO (Italiya) tayyor chorvachilik fermalarini qurish, Agrofeed (Vengriya-Rossiya) omuxta yem va qo‘shimchalar ishlab chiqarish, AdiFeed (Polsha) yem-xashak qo‘shimchalari, Kargill (Rossiya) – qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarining oziqlanishi va salomatligi, Haakman Flowerbulbs B.V. (Niderlandlar) - golland lola ildizpoyalari.
An'anaga ko‘ra, ko‘rgazmaning ikkinchi kuni, 12-martda, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ko‘magi ostida "Fermer kuni" o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Fermerlar kuni AgroWorld Uzbekistan ko‘rgazmasining samarali tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, unda ko‘rgazma ishtirokchilari fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va bosh mutaxassislari bilan uchrashadilar.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish homiysi – Vetteria kompaniyasi Markaziy Osiyodagi barcha turdagi qishloq xo‘jaligi, chorva va parrandalar uchun yem-xashak, premikslar, yem-xashak qo‘shimchalari, vaksinalar va veterinariya dori-darmonlarining eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari uchun Iteca Connect ilovasi an'anaviy ravishda istalgan vaqtda kerakli ma'lumotlarga onlayn kirishni ta'minlaydi.
Rasmiy ko‘mak:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi
.png)
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

"Parrandasanoat" O‘zbekiston parrandachilar uyushmasi

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Tashkiliy ko‘mak: "O‘zekspomarkaz" MKK AJ

Tashrifchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish oltin homiysi:

Hamkor:

Texnik hamkor:

Rasmiy transport-
logistika hamkori

Internet-hamkor:


Internet-hamkor: Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18, + (998 94) 800 18 18
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz