Press-relizlar
AgroWorld Uzbekistan ko`rgazmasi - agrar soha uchun ilg`or yechimlar

"Agro sanoati - AgroWorld Uzbekistan 2024" 19-Xalqaro ko'rgazmasi o'z ekspozitsiyasini 2024-yil 12-14 mart kuntari "O'zekspomarkaz" MKKning 1-, 2-pavilyonlari va ochiq maydonida taqdim etadi.
Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions Xalqaro ko’rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
AgroWorld Uzbekistan'ning o'ziga xosligi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining butun spektrini, ya'ni chorvachilik sohasi, dehqonchilik va o'simlikchilik sohasini bitta korgazma maydonida jamlashdan iborat. Bu yerda mutaxassislar agrosanoat majmuasining butun tarkibiy qismidagi yangiliklar bilan tanishishlari mumkin. Ko’rgazmaning qishloq xo'jaligi ishlari mavsumi boshida o'tkazilishi fermerlarga o'z bizneslarida eng yangi tenologiyalarni qo'llash imkonini beradi.
Agrar sektor O'zbekiston iqisodiyotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, yalpi ichki mahsulotning 20 foizdan ortig'ini ta'minlaydi. Shuni ta'kidlash joyizki, O'zbekistonning agrosanoat sektori nafaqat mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini to'liq ta'minlabgina qolmay, balki eksport salohiyatini doimiy ravishda oshirib boradi va o'sish nafaqat yangi mahsulotlar, quritilgan mevalar va boshqalarni yetkazib berish, balki xom ashyoni qayta ishlash mahsulotlari bilan ham ta'minlanadi.
Shu munosabat bilan AgroWorld Uzbekistan ko’rgazmasi nafaqat asbob-uskunalar va texnologiyalarni namoyish etish uchun maydondir, balki soha mutaxassislariga muhim qarorlar qabul qilish va rivojlanish strategiyasining asoslarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Ko'rgazma ekspozitsiyasi pavilyonlar bo'yicha ko'ra bo'linadi:
1-pavilyon: issiqxona xo'jaligi, o'g'itlar, urug'lar, sug'orish, donni qayta ishlash va saqlash
2-pavilyon: parrandachilik, chorvachilik, oziqlantirish, saqlash va so'yish uskunalari, omuxta-yem, veterinariya
Korgazmada 21 mamlakatdan 135 ta kompaniya o'z ishtirokini tasdiqladi: Avstriya, Belarus Respublikasi, Belgiya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Isroil, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Niderlandlar, Polsha, Rossiya, Serbiya, Turkiya, O'zbekiston, Shveytsariya.
Xorijiy ishtirokchilar soni 90 foizni tashkil etdi. Mahalliy kompaniyalar o'g'itlar, issiqxonalar, parrandachilik, so'yish va qayta ishlash, tomchilatib sug'orish quvurlari, yog'-moy uskunalari ishlab chiqarish uchun turli xil uskunalar ishlab chiqaruvchilar tomonidan namoyish etiladi, shuningdek, veterinariya preparatlari, qishloq xo’jaligi texnikasi uchun shinalar va ozuqani taqdim etadi.
Milliy ekspozitsiyaga ega bo’lgan xorijiy mamlakatlar orasida Turkiya an'anaviy ravishda ishtirok etadi, bu yerda siz turli xil mahsulotlar va uskunalar bilan tanishishingiz mumkin: fermer xo'jaliklar uchun uskunalar, parrandachilik, so'yish va qayta ishlash, donni maydalash; parranda qafaslari tizimlari, donni saqlash, issiqxonalar, parranda ozuqalarini maydalash, elevatorlar, oziq-ovqat mahsulotlarini quritish tizimlari va yana ko'plab boshqa mahsulotlar.
Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyati milliy stendini namoyish etadi, bu yerda omuxta yem uskunalari bilan tanishishingiz mumkin.
Xitoy va Germaniyadan omuxta yem zavodlari, silos zavodlari va ularning tizim komponentlari, gumin va fulvik kislotali mahsulotlar, sug'orish, ekologik toza uylar, ekologik nazorat va bioxavisizlik, yemlar va oziq-ovqat kimyoviy moddalari, don maydalagichlar, veterinariya preparatlari va uskunalari, parrandachilik uskunalari va boshqalarni namoyish etadigan kompaniyalar keng ishtirok etmoqda.
Ko'rgazmada ilk marotaba quyidagi kompaniyalar ishtirok etadi: Biotexnologiya (Rossiya), Germes 4 (Qozog'iston), Yevropolimer (Rossiya), Kormovit (Qozog'iston), Sibur (Rossiya), NTP-Sintez (Belarus Respublikasi), Nutrimaks (Gruziya), Evotek (Italiya), Efko (Rossiya) va boshqalar.
Ko'rgazmada birinchi marta Qozog'iston va Rossiyaning yetakchi omuxta yem ishlab chiqaruvchilari ishtirok etib, parrandachilik fermalarini jihozlashga majmuaviy yondashuvni taqdim etadilar. Ularning bir qancha Yevropa va Turkiya ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorligi doirasida mahalliy bozor xususiyatlarini hisobga olgan holda o'zbek parrandachilik fermalari uchun maxsus moslashtirilgan parrandalarni ko'paytirish va oziqlantirish bo'yicha bir qator qo'shma loyihalar taqdim etiladi.
An'anaga ko'ra, ko'rgazmaning ikkinchi kuni, 13-martda O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ko'magi ostida "Fermer kuni" o'tkazilishi ko'zda tutilgan. "Fermer kuni" ko'rgazmaning o'ziga xos belgisiga aylandi, unda fermer va dehqon xo'jaliklari rahbarlari va bosh mutaxassislari uchun ko'rgazma ishtirokchilari bilan uchrashuvlar o'tkaziladi.
Raqamli yechimlar hozirda biznesning ham, kundalik hayotning ham muhim tarkibiy qismlardan biridir. Shuning uchun Iteca Exhibitions kompaniyasi O'zbekistonning ko'rgazma sanoatida noyob mobil ilovani - iOS va Android platformasi foydalanuvchilari uchun majud bo'lgan Iteca Connect'ni joriy qilmoqda. Ilova barcha ko’rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari uchun keng qamrovli ma'lumotlarni to'playdigan ma’lumotlar bazasini o'z ichiga oladi. Bu yerda sanoatning so'nggi yangiliklari, ishtirokchi kompaniyalarning batafsil tavsifi, ko’rgazmaning joylashuvi, tadbirlar jadvali, shaxsiy beyjni olish va soha mutaxassislari bilan bog'lanish imkoniyati mavjud.
Ishonchimiz komilki, ushbu dastur ishonchli yordamchiga aylanadi, ko'rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilariga istalgan vaqda va istalgan joyda kerakli ma'lumotlarga tezkor kirishni ta'minlaydi.
Rasmiy ko'mak:
• O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi
• O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
• O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
• "Parrandasanoat" uyushmasi
• O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKK AJ

Hamkorlar:

Rasmiy transport va logistika hamkori

Texnik hamkor:

Internet hamkor:

Bosh axborot hamkori: O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)


Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18, + (998 94) 800 18 18
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz, www.agroworld.uz