21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

AgroWorld Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi soha mutaxassislarini qarshi olmoqda


«Agro Sanoati - AgroWorld Uzbekistan 2023» 18-xalqaro ko‘rgazmasi 2023 yil 15–17 mart kunlari "Uzexpocentre" MKKning 1, 2 pavilonlari va Atrium zalida o‘z ekspozitsiyasini namoyish etadi.
Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tomonidan tashkil etiladi.

AgroWorld Uzbekistan – naslchilik va yetishtirish sohasidagi so‘nggi ishlanmalardan boshlab yakuniy iste’mol mahsulotini olishgacha qishloq xo‘jaligi sanoatining butun ishlab chiqarish zanjirini bitta maydonda qamragan noyob ko‘rgazmadir. Ko‘rgazma dala ishlari mavsumi boshida o‘tkazilishi va mahalliy fermerlar shu yilning o‘zida yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishlari muhimdir.

Respublikada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, YAIMning qariyb 21,4 foizini tashkil etadi.

AgroWorld Uzbekistan ko‘rgazmasi eksponatlarning statik namoyishi emas, balki o‘zgaruvchan bozor talablarini aks ettiruvchi moslashuvchan platformadir. Ko‘rgazmada namoyish etilgan qishloq xo‘jaligi sanoati tarmoqlarining keng spektri, namunalar va namoyish etilgan uskunalar hamda texnologiyalarning ishlatish maqsadining turli xilligi buning yaqqol dalilidir.

Ko‘rgazma mavzusi pavilonlar bo‘yicha taqsimlanadi:

1-pavilon "Don, omuxta yem. Issiqxonalar, bog‘dorchilik":
  • Don va dukkakli ekinlarni saqlash va qayta ishlash, un, makaron va omuxta yem ishlab chiqarish uskunalari. Moyli ekinlar. Maxsus texnika.
  • Meva va sabzavotlarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalari. Saralash va qadoqlash.
  • Issiqxonalar qurish, iqlim nazorati, saqlash uskunalari, sug‘orish. O‘g‘itlar, urug‘lar, ko‘chatlar.

2-pavilon "Parrandachilik, chorvachilik, veterinariya":
  • Genetika, inkubator tuxumlari, parrandachilik fermalari va go‘shtni qayta ishlash tsexlari uchun uskunalar.
  • Chorva va parranda so‘yish va go‘sht xom ashyosini birlamchi qayta ishlash uskunalari, fermer xo‘jaliklari va parrandachilik fabrikalari uchun uskunalar. Baliqchilik xo‘jaliklari uchun texnologiyalar.

Ko‘rgazmada quyidagi 20 mamlakatdan 172 kompaniya va brendlar o‘z ishtirokini tasdiqladi: Avstriya, Belarus Respublikasi, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Iordaniya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, Serbiya, Sloveniya, Turkiya, O‘zbekiston. Xorijiy ishtirokchilar soni 91 % ni tashkil etdi, mahalliy kompaniyalar o‘g‘itlar va omuxta yem ishlab chiqaruvchilardan iborat.

Quvonarlisi shundaki, bu yil ishtirokchilar geografiyasi kengaydi. Iordaniya, Serbiya va Sloveniya kompaniyalari debut ishtiroki bilan kelishmoqda.

AgroWorld Uzbekistan ko‘rgazmasida birinchi marta Niderlandiya milliy ekspozitsiyasi namoyish etiladi. Ushbu ekspozitsiya parrandachilik fermalari va intensiv chorvachilik, inkubator tuxumlarini ishlab chiqarish, kartoshka omborlarining ventilyatsiya tizimlari, sovuxxonalar, meva bog‘larini loyihalash, o‘g‘itlar va o‘simliklarni biologik himoya qilish, issiqxonalar, sabzavot urug‘lari, meva va sabzavotlarni saqlash va qadoqlash va boshqa mahsulotlarni taqdim etadigan 23 kompaniyadan iboratdir.

Xorijiy mamlakatlar qatorida Turkiya an’anaviy ravishda milliy ekspozitsiya bilan ishtirok etadi. Bu yerda quyidagi keng turdagi mahsulotlar va uskunalar, ya’ni issiqxonalar, sug‘orish uskunalari, o‘simliklarning oziqlanishi, tuproq uchun biologik qo‘shimchalar, yopiq grunt uchun texnologiyalar; un ishlab chiqarish uskunalari va zavodlari, un sifatini nazorat qilish moslamalari, tegirmon uskunalari, don saqlash va qayta ishlash uskunalari, ozuqa ishlab chiqarish texnologiyalari, don analizatorlari; parrandachilik fermalari uchun uskunalar, chorva va parranda so‘yish uchun uskunalar bilan tanishish mumkin bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash joizki, Yevropaning bir qator kompaniyalari mevalarni yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha yechimlarni taqdim etadilar, bu esa O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi eksportining asosiy mahsulotlaridan biri – mevalarni inobatga olgan holda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun juda muhimdir. Ushbu kompaniyalar qatorida FrigorTec GmbH (Germaniya) – mevalarni muzlatish, EHO d.o.o. (Polsha) – meva va go‘shtni saqlash uchun sovutish moslamalari, Greefa (Niderlandiya) – mevalarni qadoqlash va ko‘plab boshqa ishtirokchilarni aytib o‘tish mumkin.

Rossiya mintaqalari – Novosibirsk va Smolensk viloyatlari, shuningdek Rossiya Federatsiyasining Janubiy mintaqasi – jamoaviy stendlarining ishtiroki rejalashtirilgan. Kompaniyalar ozuqa va yog‘-moy ishlab chiqarish, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ECO qadoqlarini; organik va organomineral komplekslar, o‘simlik yetishtirish uchun monooziqalar; chorvalar va akvakulturalar uchun ozuqa qo‘shimchalari, molxonalar uchun ventilyatsiya tizimlari va ko‘plab boshqa sohalar uchun uskunalar va kompleks yechimlarni taqdim etadilar.

An’anaga ko‘ra, ko‘rgazmaning ikkinchi kuni – 16 martda – O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ko‘magida "Fermerlar kuni" o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Fermerlar kuni" ko‘rgazmaning o‘ziga xos belgisiga aylandi, uning davomida fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va bosh mutaxassislari uchun ko‘rgazma ishtirokchilari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Quyidagi tashkilotlar tomonidan rasmiy ko‘mak taqdim etiladi:
  • O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
  • «Parrandasanoat» uyushmasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

Tashkiliy ko‘mak: "Uzexpocentre" MKK
Tadbir tashkilotchisi: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Hamkor:

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18, + (998 94) 800 18 18
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz
Axborot ko`magi