Press-relizlar
AgroWorld Uzbekistan”da O`zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun jahon trendlari

2022-yil 16-mart kuni “O‘zekspomarkaz” MKKda “Agro Sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2022” 17-xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi.
“AgroWorld Uzbekistan” ko‘rgazmasi chorvachilik, parrandachilik, veterinariya, sabzavot va mevalarni qayta ishlash, g‘alla saqlash, issiqxonalar kabi sohalarda zamonaviy texnologiyalarni va agrotexikaning eng so‘nggi namunalari namoyish etayotgan O‘zbekiston agrar sanoatining yirik xalqaro tadbirlaridan biridir.
Ko‘rgazma qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun xarid qilish va modernizatsiya qilish rejalarini tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi.
AgroWorld Uzbekistan uch kun davomida 2022-yilning 16-18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi va “O‘zekspomarkaz” MKKning ikkita markaziy pavilyonini (1 va 2-pavilyonlar) egallaydi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha kompleks loyihalar muntazam amalga oshirilmoqda, qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqadigan, soha mutaxassislarining hayoti va mehnatini yengillashtiruvchi yangi texnologiyalar joriy etilmoqda. Qishloq xoʻjaligi Oʻzbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri boʻlib, yalpi ichki mahsulotning qariyb 28,5 foizini tashkil etadi. Unda qariyb 4,2 million kishi faoliyat koʻrsatadi, bu mamlakatdagi umumiy bandlikning 30% dan ortig'ini tashkil etadi.
AgroWorld Uzbekistan bozor bilan birga o'zgarib bormoqda. Bugungi kunda bu sanoat uchun noyob ko'rgazma boʻlib, unda qishloq xoʻjaligi sanoatining butun ishlab chiqarish qatori bir maydonda jamlangan: naslchilik va dehqonchilik sohasidagi so'nggi ishlanmalardan tortib, to yakuniy iste'mol mahsulotini olishgacha. Aynan ko'rgazma maydonida mahalliy tadbirkorlar ishlab chiqarishni to'liq jihozlaydigan texnologiyalarni topishlari mumkin.
Sohadagi so‘nggi yangiliklar va dolzarb g‘oyalar, jumladan, pandemiya davridagi cheklovlar ta’sirida yaratilgan g‘oyalar, mutaxassislarni bu yilgi ko‘rgazmada kutmoqda.
Dunyoning 14 davlatidan - Avstriya, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina - 100 dan ortiq kompaniya ko‘rgazmada o’z ishtirok etishini tasdiqladi.
Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ekspozitsiya bir necha sektorlarga bo‘lingan:1. Parrandachilik, omuxta yem. 2. Donni saqlash va qayta ishlash. 3. Issiqxonalar.
1-pavilyonda g‘alla, un maydalash va moyli o‘simliklar sanoati uchun asbob-uskunalar va texnologiyalarni ishlab chiquvchilar va sotuvchilar jamlanadi. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonning 56 don klasteri Germaniya, Turkiya va Rossiya ishtirokchilari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Xuddi shu pavilyonda sabzavot ekinlari, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, o‘g‘itlar, gidroponika, sug‘orish va qoplama materiallaridan tortib, to bog‘lar barpo etishgacha bo‘lgan yechimlar, mevalarni saralash va qayta ishlash bo‘yicha takliflar namoyish etiladi.
Parrandachilik fermalari, parranda go’shti va tuxum ishlab chiqaruvchilar uchun uskunalar, jumladan, qayta ishlash, muzlatish va qadoqlash liniyalari 2-pavilyonda O‘zbekistondagi parrandachilik bo‘yicha yechimlarga ega yagona maydon taqdim etiladi. Shuningdek, mutaxassislar eʼtiboriga – oʻz chorva mollari va ozuqa bazasiga ega boʻlgan klaster tipidagi goʻshtni qayta ishlash korxonalari boʻyicha takliflar taqdim etiladi.
Ko'rgazma debyutantlari orasida quiydagi kompaniyalar mavjud: Micro Solutions (Qozog'iston) - veterinariya uchun laboratoriya jihozlari: mikroskoplar, mikrobiologik analizatorlar, skanerlar va asbob-uskunalar; Europack (Rossiya) - sochma va quyma yuklarni tashish: dukkaklilar, moyli ekinlar, Advice & Consulting S.r.l. (Italiya) - kalit taslim bog'lar, sovuqda saqlash, kalibrlash va qadoqlash liniyasi.
Mahalliy kompaniyalar ham keng namoyish etilgan - ular qatorida ham ishlab chiqaruvchilar, ham bir qator xorijiy mamlakatlar kompaniyalari bilan qo'shma korxonalar mavjud.
Oʻzbekiston kompaniyalari orasida quidagilar namoyon etilgan: Zarafshon Grand Boglari – gidroponika usulida issiqxona xoʻjaligi, Niderlandiya va Turkiya texnologiyalari asosida yuqori sifatli pomidor mahsulotlari yetishtirish; Irrizone - Yevropa ishlab chiqaruvchilarining sug'orish tizimlari va zamonaviy bog'bonchilik asbob-uskunalari; Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals – “Oltin” brendi ostida mineral o‘g‘itlarni taqdim etadi; Ilyasov – Oʻzbekistondan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini faqat Rossiyadagi yetakchi chakana savdo tarmoqlarining sifat standartlari asosida eksport qiluvchi birinchi oʻzbek agrointegratori; Hi-tech water systems - suv tozalash uskunalari sohasida yetakchi kompaniyalardan biri; teskari osmosli suvni tozalash tizimi, ko'p qatlamli filtrlash tizimi, oqava suvlarni tozalash tizimi sohasida turli sohalar uchun innovatsion yechimlar.
Quiydagi qo‘shma korxonalar ko’rgazmada ishtirok etmoqda: Asya Sera Navoiy (O‘zbekiston + Turkiya) – Turkiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy issiqxonalarda yetishtiriladigan meva va sabzavotlar yetkazib beruvchi; Gavrish Asia (O'zbekiston + Rossiya) – Rossiyada ishlab chiqarilgan sabzavot urug'lari; Peng sheng crop protection (O'zbekiston + Xitoy) - o'g'itlar, o'simliklar o'sishi stimulyatorlari; Tian cheng modern agricultural equipment technology (O‘zbekiston + Xitoy) – tomchilatib sug‘orish va Yushen Plastic (O‘zbekiston + Xitoy) – sug‘orish tizimlari.
Xorijiy davlatlar orasida an’anaviy tarzda Turkiya milliy ekspositsiyasi taqdim etiladi, u 39 kompaniyani o‘z ichiga oladi va ko‘rgazmada turli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni namoyish etadi: parrandachilik fermalari uchun uskunalar, tegirmon uskunalari, xonalarni ventilyatsiya qilish va sovutish, unni qadoqlash uskunalari, tomchilatib sug‘orish uskunalari, purkagichlar va sepuvchilar o'g'itlar, don saqlash tizimlari va boshqalar.
Rossiya Federatsiyasidan 21 kompaniya, jumladan Voronej viloyati, Tatariston, Dog'iston va Krasnodar o'lkasining jamoaviy stendlari ishtirok etadi. Ularning stendlarida organik o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, un tegirmonlari uchun uskunalar, vakuumli to‘siq plyonkalari, quritish uskunalari va boshqa sohalardagi eng so‘nggi rusumdagi mahsulotlar bilan tanishish mumkin bo‘ladi.
Yildan yilga Niderlandiyadan kelgan ishtirokchilar soni ortib bormoqda. Joriy yilda ko‘rgazmaga 10ta kompaniya parrandachilik fermalari jihozlari, parranda so‘yish va qayta ishlash uskunalari, tuxum yig‘ish tizimlari, parranda go‘shtini qayta ishlash tizimlari, suvni tejash va resurslarni qayta tiklash uskunalari, inkubatorlar, duragaylar va turli xil sabzavot navlari va boshqa ko‘plab narsalarni namoyish etadi.
Shuningdek, Germaniyaning 6ta kompaniyasini ham aytib o’tish kerak; ularning stendlarida yem sanoati uchun granulali tegirmonlar, parranda va cho'chqalarni saqlash va boqish uskunalari, qayta ishlash texnologiyalari, yog' tegirmonlari uchun uskunalar, tuxum qo'yadigan tovuqlarni saqlash uchun qafas uskunalari va omuxta yem sanoati uchun uskunalarni ko'rishingiz mumkin.
An’anaga ko‘ra, ko‘rgazmaning ikkinchi kuni – 17 mart sanasida “Fermerlar kuni”ni o‘tkazish rejalashtirilgan. Tadbir davomida fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va bosh mutaxassislari uchun ko‘rgazma ishtirokchilari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Tadbir tashkilotchisi: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Group.
Quyidagi davlat idoralar tadbirni rasmiy qo'llab-quvvatlab kelmoqda:
- O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
- O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
- O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi
Bosh media hamkor: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)


Ko‘rgazmaning axborot hamkori “Agrobank” ATB (AgroZamin) – biznes imkoniyatlari va o‘zbek fermerlari faoliyati geografiyasini kengaytirish uchun yagona elektron platforma.

Hamkor:

Ko‘rgazma Iteca Exhibitions kompaniyasining barcha tadbirlari kabi O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologiya normalari va qoidalari talablariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkaziladi.
Axborot ko’magi:

Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz