21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

2023 yilda O`zbekistonda qariyb 199 ming tonna baliq ovlandi

Toshkent, O'zbekiston (UzDaily.uz) - 2023 yilda O'zbekistonda 198,9 ming tonna baliq ovlandi, deb xabar beradi O'zbekiston statistika agentligi.

2022 yilga nisbatan bu ko'rsatkich 7,3 foizga oshdi.

Baliqning eng katta hajmi Xorazm (30,9 ming tonna), Toshkent (27,1 ming tonna) va Andijon (21,7 ming tonna) viloyatlarida ovlangan.

Xorazm viloyatining umumiy ov hajmidagi ulushi 15,6 foizni tashkil etdi.

Ovning eng past ko'rsatkichlari Qashqadaryo (5 ming tonna), Surxondaryo (6,9 ming tonna) va Sirdaryo (9,1 ming tonna) viloyatlarida qayd etilgan.
Axborot ko`magi