Yangiliklar
2024 yilning birinchi choragida O`zbekistonda bir milliarddan ortiq tuxum ishlab chiqarildi
Joriy yil boshidan buyon O'zbekistonda 1 milliarddan ortiq tuxum ishlab chiqarilgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi statistika agentligida ma'lum qilindi.Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida respublikada barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 1,4 milliard dona tuxum ishlab chiqarilgan.
2023 yilning shu davriga nisbatan bu ko'rsatkich 106,9 foizga oshdi.