21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

“AgroWorld Uzbekistan-2025”: agrar sohadagi innovatsion yechimlar va zamonaviy texnologiyalar namoyishi

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida “AgroWorld Uzbekistan-2025” xalqaro agrosanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. 13-martgacha davom etadigan mazkur tadbirda Belgiya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Xitoy, Rossiya kabi 23 ta mamlakatdan 130 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma pavilyonlarida meva-sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyalari, chorvachilik uchun omuxta yem va ozuqa mahsulotlari, sifatli urug‘lar, vaksinalar, dori vositalari, shuningdek, veterinariya sohasidagi innovatsion yechimlar, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlar, laboratoriya uskunalari va inkubatsion materiallar namoyish etilmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, Turkiyaning 12 ta kompaniyasi qishloq xo‘jaligi texnikalarini, Yaponiyaning 13 ta yetakchi kompaniyasi esa agrar soha uchun mo‘ljallangan innovatsion yechimlar va zamonaviy texnologiyalarni taqdim etayotgani ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Tashkilotchilarning ijodiy yondashuvi tufayli ko‘rgazmada parrandachilik, chorvachilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik kabi yo‘nalishlarda mahsulot yetishtirishdan tortib, uni qayta ishlashgacha bo‘lgan butun jarayonda zarur bo‘lgan texnologiyalar bir joyda jamlangan.

Ko‘rgazmaning ikkinchi kuni “Fermerlar kuni” deb e’lon qilingan bo‘lib, unda mamlakatimiz fermer va dehqonlari yirik xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Manba
Axborot ko`magi