Yangiliklar
Bugun «Uzexpomarkaz» MKKda «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2025» 20-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi.
AgroWorld Uzbekistan bu yil o‘zining 20 yillik yubileyini nishonlamoqda. Shu o‘tgan vaqt davomida ko‘rgazma qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar va zamonaviy trendlarni taqdim etish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, mahalliy biznesni rivojlantirish hamda eksportni kengaytirish uchun ishonchli platforma sifatida o‘zini namoyon qila oldi.Bu yilgi «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2025» ko‘rgazmasida 23 mamlakatdan 130 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.
Bugundan ish faoliyatini boshlagan ko‘rgazmada don va omixta yem, meva-sabzavotlarni qayta ishlash uskunalari, o‘g‘itlar va sug‘orish tizimlari, parranda va chorvachilik sohasidagi yangiliklar, yem-xashak ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari, veterinariya sohasidagi yechimlar hamda ishlanmalar namoyish etilmoqda.
Shuningdek, xalqaro ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan hamkorlik uchun «Parrandasanoat» uyushmasiga sertifikat topshirildi. Uni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari U.Sh. Ahmedov qabul qilib oldi.
Ma’lumot uchun, xalqaro ko‘rgazma 13 mart kunigacha davom etadi.
Manba