21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

IEA: Rossiya gazining Qozog`iston orqali O`zbekistonga eksporti 7 milliard kub metrdan oshdi

Rossiya gazining “Markaziy Osiyo – Markaz” quvur tizimi orqali O‘zbekistonga yetkazib berilishi 2025 yilda 30 % ga oshdi, deya xabar bermoqda Xalqaro energetika agentligi (XEA).

Agentlik hisobotiga ko‘ra, Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga eksporti umumiy hajmi 7 mlrd kub metridan oshdi. Bu Rossiya tomonidan yetkazib berish hajmlarining faol ravishda oshirilishi natijasidir.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda ichki gaz qazib olish hajmi kamaydi. 2025 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 % ga yoki taxminan 2 mlrd kub metrga qisqardi.

Manba

Axborot ko`magi