Yangiliklar
O‘zbekiston 16 davlatga gilos eksport qildi
2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 16 davlatga 70,4 million dollarlik 32,2 ming tonna gilos eksport qildi.O‘tgan yilning mos davriga nisbatan gilos eksporti qiymati 17,5 million AQSH dollariga oshdi.
2024-yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
Rossiya - 25,4 ming tonna;
Qozog'iston - 3,5 ming tonna;
Qirgʻiziston Respublikasi – 2,7 ming tonna;
Belarusiya - 193 tonna;
BAA - 118 tonna;
Xitoy - 91 tonna;
Koreya - 28 tonna;
Malayziya - 17,4 tonna;
Saudiya Arabistoni - 7,1 tonna.