21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Oʻzbekiston agroindustriya majmuasi – 2024 yil yakunlari

2024 yilda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sezilarli oʻsishni koʻrsatdi.

9 million tonna gʻalla, 3 million tonnadan ortiq paxta, 16 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirildi. Mevalar va uzum hosili 5 million tonnani, kartoshka esa 4 million tonnani tashkil etdi. Shuningdek, 15 million tonnadan ziyod goʻsht va sut, 30 ming tonna ipak qurti chigiti tayyorlandi.

Donli ekinlarning oʻrtacha hosildorligi rekord darajadagi har gektardan 85 sentnerni tashkil etdi, minglab fermerlar bundan ham yuqori hosil – gektariga 100 sentnergacha yigʻib olishga muvaffaq boʻlishdi.

Sabzavotchilik ham oʻsishni namoyon qilmoqda. Intensiv yetishtirish texnologiyalari qoʻllanilgan 50 ming gektarda sabzavotlarning hosildorligi anʼanaviy usullarga nisbatan ikki baravardan koʻproq oshdi. Bu ichki talabni qondirish bilan birga sabzavot eksportini ham oshirishga imkon berdi.

Ushbu natijalarga erishishda innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni joriy etish muhim rol oʻynadi. Xususan, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamli, yuqori hosilli qishloq xoʻjalik ekinlari navlari ekildi. Bundan tashqari, sugʻorish tizimi optimallashtirildi, bu esa suv sarfini qisqartirib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini berdi.

Bularning barchasi fermerlarning saʼy-harakatlari va agroindustriya kompleksini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatini izchil amalga oshirish natijasida mumkin boʻldi.

Oʻtgan yilda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash uchun 1,4 milliard AQSH dollari miqdorida imtiyozli kreditlar va qariyb 13,6 million AQSH dollari miqdoridagi subsidiyalar ajratildi. Umumiy qiymati 278 million AQSH dollari boʻlgan 11 600 dona zamonaviy qishloq xoʻjalik texnikasi va agregatlarining yetkazib berilishi qishloq xoʻjalik mavsumining muvaffaqiyatli yakunlanishini taʼminladi.

Yuqorida keltirilgan raqamlar Oʻzbekiston agroindustriya kompleksining rivojlanish salohiyati oshib borayotganini koʻrsatadi. Innovatsion yechimlarni qoʻllash hali keng qamrovli boʻlib bormagan va investitsiyalar, texnologiyalar va jihozlarni joriy qilish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni oʻz ichiga olgan barcha ishlab chiqarish tarmoqlarida hamkorlikni rivojlantirish uchun keng maydonni tashkil etadi. Zamonaviy agrotexnologiyalarga, selektsiyaga, oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyoj bilan bir qatorda quyidagi yoʻnalishlar ham dolzarb boʻlib qolmoqda:

1. Mamlakatda mavsumiy boʻlmagan sabzavotlarga yuqori talab, shuningdek, gullar va ularga aloqador oʻsimliklarga boʻlgan ehtiyoj issiqxonalarda hosil yetishtirishni keng hajmda tashkil qilishni talab etadi. Bu sohada energiya tejovchi va energiya samarador texnologiyalar boʻyicha zamonaviy yechimlarga katta talab mavjud boʻlib, ular nafaqat gaz va elektr energiyasi boʻyicha mavsumiy cheklovlar davrida, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish uchun umuman dolzarbdir.
2. Yillik yogʻingarchilik miqdori kam boʻlgan Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sugʻorishga asoslangan. Sugʻorish uchun suv tanqisligi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralariga qaramay, qishloq xoʻjalik sektorida ikkilamchi tozalangan oqova suvlarni qayta ishlatish, filtratsiya uskunalari, tejamkor suv isteʼmoli texnologiyalari – avvalo, tomchilatib sugʻorish tizimlari juda talabgor boʻlib qolmoqda.
3. Issiq iqlim sharoitida qishloq xoʻjalik mahsulotlari va chorvachilik mahsulotlarini saqlash – sanoat sovutgichlari, qadoqlash texnologiyalari va xomashyosi alohida o’ringa ega, va eksport hajmlarining oshishiga ham taʼsir koʻrsatadi.

4. Qurgʻoqchil iqlim, tuproq shoʻrlanishi, hasharotlar va boshqa zararkunandalar qishloq xoʻjalik ishlab chiqarish hajmiga taʼsir koʻrsatadi. Ushbu sharoitda hosilni saqlash va hosildorlikni oshirish uchun zamonaviy agro- va biotexnologiyalarning ahamiyati nihoyatda katta.

Mazkur tahlil respublika qishloq xoʻjaligidagi noyob voqea – “Qishloq xoʻjaligi AgroWorld Uzbekistan 2025” koʻrgazmasiga tayyorgarlik doirasida tayyorlangan. Koʻrgazma 11–13 mart kunlari Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz”da boʻlib oʻtadi.

Har yili AgroWorld Uzbekistan xalqaro koʻrgazmasi Oʻzbekiston agrosanoat kompleksining soʻnggi tendentsiyalari, yutuqlari va ehtiyojlarini kuzatib boradi hamda dunyo qishloq xoʻjaligi bozorining ilgʻor yechimlarini milliy eksportchilar, fermerlar, tor mutaxassislar hamda qaror qabul qiluvchi shaxslarga taqdim etadi. Xitoy, Daniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Germaniya, Belgiya, Belarus, Fransiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ishtirokchilarini tashrif buyurishlari tasdiqladi.

Koʻrgazma nafaqat uskunalar va texnologiyalarni namoyish qilish maydonchasi emas, balki soha mutaxassislariga muhim qarorlar qabul qilish va rivojlanish strategiyasi asoslarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Iteca Exhibitions kompaniyasi ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarni yilning qishloq xoʻjaligi sohasidagi yirik va noyob voqeasiga qoʻshilishga taklif qiladi. Oʻz stendingizni koʻrgazmaning www.agroworld.uz saytida bron qilishingiz mumkin.
Axborot ko`magi