21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O`zbekiston chorvachiligi uchun italiyalik texnologiyalari


Chorvachilik texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan Rota Guido 50 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud.

Kompaniya qishloq xo'jaligi hayvonlarini ko'paytirish va fermerlik faoliyatini rivojlantirish uchun keng ko'lamli uskunalarni taklif etadi. Buzoqlar va sigirlar, buqalar, qo'ylar va echkilar, parranda va quyonlarni ko'paytirish uchun mo'ljallangan fermer xo'jaliklari uchun asbob-uskunalar va jihozlarni o'z ichiga oladi.

Rota Guido hayvonlarni boqish sharoitlariga e'tibor qaratgan holda to'plangan tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida zamonaviy chorvachilikni yaratishga intiladi.

O'zbekistonda kompaniya O'zbekistonning eng yirik qishloq xo'jaligi klasteri - Jizzax Organic bilan qo'shma loyihani amalga oshirdi, xususan sut fermasini loyihalashtirdi.
Majmua sut bloki, sigirxona, buzoqxona, bolalash bokslari, karantin zonalari, yem-xashak omborlari, aylantirish maydonlari va go'ngni hayvonlar tagligidan ajratish majmuasini o'z ichiga oladi. Omborda yem-xashak ustunlari, artezian suvini yetkazib berish mexanizmi bilan isitiladigan suvdonlari, iqlim nazorati tizimi, iqlim sharoitidan himoya qilish uchun pardalar va go'ngni avtomatik ravishda olib tashlash tizimi mavjud.

Rota Guido kompaniyasi vakillari AgroWorld Uzbekistan 2025 ko'rgazmasida O'zbekiston chorvadorlari bilan uchrashishdan mamnun bo'lishadi!
"O'zekspomarkaz" MKK, 2-pavilyon, D 120 stendi.
Axborot ko`magi