21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston uzum eksporti rekord darajaga yetdi

O‘zbekiston uzumining eksporti ikki barobarga oshgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari ma’lum qilmoqda.

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 174,7 million dollarlik rekord darajadagi 205,5 ming tonna uzum eksport qildi.

Quyida o‘tgan yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar ro‘yxatini keltiramiz:
• Rossiya – 164,2 ming tonna;
• Qozog‘iston – 19,4 ming tonna;
• Qirg‘iziston – 14,5 ming tonna;
• Belarusiya – 6,6 ming tonna;
• Ukraina – 334 tonna;
• Mo'g'uliston – 128 tonna;
• boshqa mamlakatlarda – 393 tonna.

Uzum eksportining o‘sishi O‘zbekiston mahsulotlarining jahon bozorida yuqori sifati va raqobatbardoshligini ko‘rsatadi.

Hisobotlar: upl.uz
Axborot ko`magi