Yangiliklar
O`zbekiston va Niderlandiya qishloq xo`jaligi sohasida konferensiya o`tkazdi
Toshkent, O'zbekiston (UzDaily.uz) Samarqandda 18 aprel kuni Gollandiya kompaniyalari bilan birgalikda qishloq xo'jaligi texnologiyalari transferi departamenti tomonidan tashkil etilgan Netherlands Fruit Solutions Uzbekistan loyihasiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.Tadbirda fermer xo'jaliklari vakillari, ham mahalliy, ham xorijiy ishbilarmonlar, agrar mutaxassislar, o'qituvchilar va talabalar yig'ildi.
Konferensiya davomida niderlandiyalik Fleuren kompaniyasi berry ko'chatlarini yetishtirish bo'yicha taqdimot o'tkazdi va hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston fermer xo'jaliklari bilan muzokaralar olib bordi. Ushbu kompaniya har yili dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlariga 2,6 milliondan ortiq berry ko'chatlarini eksport qiladi.
Gollandiyaning suv va oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha maslahatchisi Alfred Evers Gollandiya qishloq xo'jaligi dunyoda munosib tan olinganini va 1 gektar berry bog'laridan olinadigan hosil 50 tonnagacha yetishini, bu O'zbekistondagi hosildan 4 baravar ko'p ekanligini ta'kidladi.
Konferensiya natijalariga ko'ra, fermerlarni O'zbekistondan Gollandiyaga qishloq xo'jaligining innovatsion usullarini o'rganish, ushbu sohada qo'llaniladigan ilg'or texnologiyalar bilan tanishish, bilim va ko'nikmalarni egallash uchun yuborish bo'yicha kelishuvga erishildi.