21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekistonda parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi

Tegishli qaror bir kun avval prezident tomonidan imzolangan edi.

Shavkat Mirziyoyev “Parrandachilikni yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, mamlakatimizda kooperatsiya tizimiga asoslangan “Agro-parrandachilik klasteri” loyihasi amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari 2030-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etildi.
Shuningdek, joriy yilning 1 iyulidan boshlab mamlakatimizda parranda go‘shtini eksport qilish bo‘yicha mavjud barcha cheklovlar bekor qilindi. 1-oktabrdan esa O‘zbekiston hududiga yangi, sovutilgan yoki muzlatilgan parranda go‘shti va qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlarini (parranda go‘shtining alohida qismlari) olib kirishda belgilangan bojxona boji uchun belgilangan imtiyoz bekor qilinadi.
Axborot ko`magi