Yangiliklar
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha loyiha byurosi tashkil etiladi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha byurosi tashkil etiladi. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.Ushbu idora qishloq xo'jaligi sanoati va oziq-ovqat sektorini isloh qilish bilan shug'ullanadi. U har oy prezident ma’muriyatiga islohotlarning borishi haqida hisobot berib boradi.
Bundan tashqari, idora tomonidan mamlakatimizning turli hududlarida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish uchun uchta laboratoriya tashkil etiladi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun xorijiy investorlardan 3,4 million dollar jalb etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, idora resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha ham ish olib boradi.