Yangiliklar
O`zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyevning Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan uchrashuvida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining Toshkent viloyatidagi loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zonani tezda ishga tushirish muhimligi ta'kidlandi.7 may kuni Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonga qo'shma hukumatlararo komissiya faoliyatida ishtirok etish uchun kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Siyartoni qabul qildi.
Uchrashuvda O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi ko'p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Sanoat, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi, baliqchilik, logistika, ko'chmas mulk va boshqa yo'nalishlarda loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.
Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalari loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zona tashkil etish muhimligi ta'kidlandi.