Yangiliklar
O`zbekistondan sabzavot va mevalarni eksport qilishda yetakchi mahsulot ma`lum bo`ldi
2024 yil yanvar-mart oylarida 375,3 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi, 2023 yilning shu davriga nisbatan bu ko'rsatkich 72,5 foizga yoki 157,7 ming tonnaga oshdi.Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida O'zbekiston meva – sabzavot mahsulotlari eksportida eng katta ulushni 103 ming tonna piyoz egallaydi. Undan keyin eksport hajmi 94 ming tonna va 36,7 ming tonna bo'lgan karam va sabzi keladi.
Ushbu ko'rsatkich boshqa mahsulotlar nuqtai nazaridan quyidagicha:
1. Mash-22,1 ming tonna;
2. uzum (quritilgan) - 10,2 ming tonna;
3. pomidor - 8 ming tonna;
4. olxo'ri (quritilgan) - 5,8 ming tonna;
5. uzum - 5,1 ming tonna;
6. tariq-5,1 ming tonna;
7. yong'oq-3 ming tonna;
8. qalampir-2,1 ming tonna;
9. bodring - 2 ming tonna.