21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Prezident 10 ta sel suv ombori qurishni topshirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 50 ming gektar yerning sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida 10 ta sel suv ombori qurish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Davlat rahbari qishloq xo‘jaligida suv-energetika resurslaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda bahorgi va kuzgi sel suvlarini to‘plash va sug‘orishda foydalanish masalalari muhokama qilindi.

– Masalan, Qo‘shrabot tumanidagi “Xonnazor”, “Chorloq”, “Qo‘rg‘on”, “Shovona” va “Qiyqim” mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi ariqdan yiliga 36 million kub metr suv samarasiz ravishda yo‘qotilmoqda, – dedi prezident.

Unga ko‘ra, bu yerda kichik suv ombori qurilsa, 2,5 ming gektar yerni o‘zlashtirish, aholini intensiv sabzavot yetishtirish uchun yangi tomorqalar bilan ta’minlash, 4 ming ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, 600 oilani qashshoqlikdan chiqarish mumkin bo‘ladi.

Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Farg‘onaning to‘qqiz tumanida bunday suv omborlari barpo etilishi 50 ming gektar yerning sug‘orish holatini yaxshilash imkonini beradi.
Axborot ko`magi