21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Rossiya O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari importini oshirishdan manfaatdor

Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o'rinbosari: 2024 yilda mamlakatlar o'rtasidagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining savdo aylanmasi 20 foizga oshdi.

TOSHKENT, 11-mart — Sputnik. Rossiya Oʻzbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari importini yanada oshirishdan manfaatdor, dedi Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari Dmitriy Patrushev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sarmoya, sanoat va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jamshid Xoʻjaev bilan uchrashuvda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

U mamlakatlar qishloq xo‘jaligi sohasida strategik sherik ekanini ta’kidladi. 2024-yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasi 20 foizga oshdi. Joriy yilda ham ijobiy dinamika davom etmoqda.

“Rossiya Oʻzbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari importini yanada oshirishdan manfaatdor, ularni toʻsiqsiz olib kirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan”, — dedi Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari.

Shuningdek, u Oʻzbekiston bozori rossiyalik eksportchilar uchun juda istiqbolli ekanini qoʻshimcha qilib, kungaboqar yogʻi, qandolatchilik, don va chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berishni koʻpaytirishga tayyorligini bildirdi.

2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar shakar, kungaboqar yog‘i, qandolat mahsulotlari, yog‘li tort va un, bolalar ovqatlari bo‘ldi.
Axborot ko`magi