21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voytsexovski 5-6 sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Tashrif chog‘ida Voytsexovski “Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumida ishtirok etadi. U o‘z nutqida qishloq xo‘jaligini barqaror boshqarish va Yevropa Ittifoqining dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlari haqida gapiradi.

Komissar, shuningdek, hukumat vakillari, jumladan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

“Ushbu tashrif Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston bilan izchil hamkorligidagi muhim qadam bo‘lib, uning iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi va saqlash kabi global muammolarni hal qilish, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha umumiy majburiyatini tasdiqlaydi”, — dedi Yevropa komissari.
Axborot ko`magi