Yangiliklar
Ba`zi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berildi.
2025-yil 16-may kuni imzolangan yangi qonunga muvofiq, ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar yuridik shaxslar uchun yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvargacha Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimiga kiruvchi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:
– binolar, inshootlar va yer uchastkalarini ijaraga berishdan olingan daromadlar uchun foyda solig‘i;
– ijaraga berilgan ob’ektlar va ular egallab turgan yer uchastkalari bo‘yicha mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘i.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Manba