21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Chorvachilik yanada rivojlantiriladi

Qarorga ko‘ra, chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibining amal qilish muddati 2030 yil 31 dekabrgacha uzaytiriladi.

Nasldor 1 kunlik jo‘jalar importi uchun belgilangan subsidiya 2026 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan go‘sht yo‘nalishida ushbu nasldor bir kunlik jo‘jalar xarid qilinganda ajratiladi.

2026 yil 1 yanvardan 2027 yil yakuniga qadar tirik yirik shoxli qoramol (TIF TN bo‘yicha kodi 0102) va tirik qo‘y va echkilarni (TIF TN bo‘yicha kodi 0104) import qilishda:
  • hisoblanga QQSni 180 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi;
  • to‘langan QQSning o‘rnini qoplash (qaytarib berish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2026 yil 1 yanvardan:
  • veterinariya ruxsatnomasi va sertifikati 2 baravar qisqartirilgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
  • chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun elektron onlayn auksion savdolari orqali yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini sotib olish to‘lovlarini 5 yil muddatda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Manba
Axborot ko`magi