21- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

25 - 27 mart 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston Qozog‘iston va Ozarbayjon bilan Yashil energiya bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Davlat rahbari tegishli shartnomani ratifikatsiya qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston o‘rtasida “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Energetika vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari xalqaro shartnoma qoidalari kuchga kirgandan keyin uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.

Shartnoma ishlab chiqarilgan yashil energiyani Kaspiy dengizi orqali uzatishni ko'zda tutadi va loyiha Qora dengizni bog'laydigan energiya kabeli bilan bog'lanadi.

Amalga oshirish jarayonida o‘n minglab ish o‘rinlari yaratiladi, energetika infratuzilmasi yangi rivojlanadi, texnologik va biznes aloqalari kengayadi.
Axborot ko`magi