22- Xalqaro «Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2027» ko’rgazmasi

24 - 26 mart 2027, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O`zbekistonda o`g`itlar va pestitsidlar markirovka qilina boshlaydi.

2025 yil 1-maydan boshlab O'zbekistonda mineral o'g'itlar va o'simliklarni himoya qilish vositalarini raqamli markirovka qilish bo'yicha pilot loyihasi boshlanadi. Tajribada beshta kompaniya ishtirok etadi.

O'zbekistonda pestitsidlar va mineral o'g'itlarning majburiy raqamli markirovkasi joriy etiladi, deyiladi 8-apreldagi Vazirlar Mahkamasining qarorida.

Ushbu tizimni joriy etish, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlarni yetishtirishda sifatli preparatlardan foydalanishni ta'minlash, shuningdek, kontrafakt va kontrabandaning oldini olish Prezidentning 2024-yil 1-apreldagi qarorida ko'zda tutilgan.

Hujjatga ko'ra, markirovka qilish zarur bo'lgan barcha azotli, fosforli, kaliyniy va kompleks o'g'itlar, mikroo'g'itlar, xloridlar, sulfatlar, boratlar, brommetan (metilbromid) va boshqa ko'plab mahsulotlar mavjud. Bundan tashqari, raqamli kodlar insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, o'simlik o'sish nazorati va dezinfektsiya vositalariga ham qo'llaniladi, shuningdek, yopishqoq lentalar va shunga o'xshash qurilmalar ham belgilanadi, deya xabar bermoqda Spot.

Tizimni tajriba tariqasida 2025-yil 31-oktabrigacha sinovdan o'tkazish rejalashtirilgan. Loyihada quyidagi beshta kompaniya ishtirok etadi:

Maxam-Chirchiq

Swissagro

Ifoda Agro Kimyo Himoya

Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals

Schelkova Agrohim-O'zbekiston

2026-yil 1-mayidan boshlab ushbu mahsulotlarning raqamli markirovkasi majburiy bo'ladi.

Manba